Литературный Клуб Привет, Гость!   ЛикБез, или просто полезные советы - навигация, персоналии, грамотность   Метасообщество Библиотека // Объявления  
Логин:   Пароль:   
— Входить автоматически; — Отключить проверку по IP; — Спрятаться
Жаждет немногого тот, кто в состоянье считать.
Марциал
flober   / (без цикла)
Moskva daftari
Stixi o Moskve
Muqaddima

Bir narsani istar edim o’zimcha bu yozuvga qo’l urishdan oldin –
sharhimdami, izxorimda “chiroy” bo’lmasligini, chunki so’nggi payt chiroy
hamma yog’imni bosib ketdimi, yo men undan shunchalik toldim­
mi, karaxtman endi chiroy uchun – boshqa narsalar haqida valjiray.

Ekzeterdagi kaptarlaru, Kornueldagi qoyalarga urilgan dengiz,
chag’anoqdagi shilliqlarni kechki nonushtamiz uchun teruvchi baliqchilar ham –
bularnning bari boshqa she’rlarga ko’chsin, meni esa ma’zur tutingiz –
mening suyaklarimni kemiradi boshqa qayg’u, go’shtlarimni­da boshqacha g’ajilar g’am.

Tunov hafta Xayrulloyu Muhammad Sharif bilan Temzadagi kemada
pivo ichib o’tirganimizda: “O’zbeklarga ham ikki dunyo bir qadam bo’libdimi?” –
deganimda birr vahm qo’pdiyu yuragimda, miyamga uning ta’biri kelmadi,
paymona to’ldi deganmidi u, yo zalvor hayotning ko’nikmasiyu, keyin udumi?

Dengizning mavjlariga qarab: atrofda suv ko’p ekanmi? – demayapman endi,
bu mavjlardan na ko’nglimda tug’yon, na ko’zimda yosh namlanmaydi sira.
Qoyalarga urilib majaqlangan, qumloqlarga shopiribyetgan dengizning eni
hamisha o’sha­o’sha chekadagi, chegaradagi suv ekan, bu ham bir sir­a!

O’ngim muncha sayoz, endigina bo’lgan voqeadan ham to’lqinlanmasam,
faqat tushimda yo’l yo’qotgan, vaqt yo’qotgan kimsadek talpinaman chuqur­chuqur.
Sen­Jast degan qishloqchada shamolning shovvulashidan uyg’onishim muncha bemarosim,
o’z ko’lankasidan hurkib, mavjlardek, so’zga qochmoqchi otlar esa muncha uchqur…

1.

Mana endi Sent­Ayvsda bo’lganimga ham bir hafta bo’lganida esladim Moskvani.
Ovrupa shaharlariga qaytish boshqa ish ekan, Moskvaga qaytish – bir boshqa:
bir so’z bilan ifodalasam kayfiyatimni: “loyqalik” yoki “bulg’anganlik” desammi? –
hamma narsa qorishiq buyerda: qo’llaring loyu, o’zing o’xshaysan naqqoshga.

Uyimga kelsam – eshiklar qulf, uymda hech kim yo’q, qo’shnimga qo’ng’iroq qoqdim –
oltmish yoshini nishonlayotgan ekan, endi bilsam, Zoya Pavlovna degan qo’shnim.
Bir quti choy bilan tabriklab, jomadonimni qo’shnimga tashlab, o’zim shaharga tashladim odim,
markazga metroda borib do’stlarga sim qoqay dedim, tirikdir biror bir oshnam.

Polyankadami ko’chaga chiqsam – yomg’ir, etlarim biram uvushadi­ey, ko’chalar bo’m­bo’sh,
shanba kuni emasmi, do’stlarimdan biriga telefon qilsam – u yo’q, ikkinchisi, uchinchisi ham,
telefon kitobchamni titkilab tashladim, bo’kib bo’ldi ustimdagi nimtaki yomg’irpo’sh,
Hamidullo­akani teraman, SHavkat­aka, Lyonya, YUlya, Xolida­opa, Rustam, Staxan…

Birortasi javob bersa­chi… Dostoevskiyni esladim: insonning borar manzili bo’lmasa yomon.
Lenin kutubxonasiga yo’l oldim. Men bilgan, ko’ziming nurini olgan o’sha­o’sha kutubxona.
Ancha kitoblarim to’planib qolibdi, bunga biroz yupandim, ammo yupanchimni batamom
chil­parchil etdi jurnallardagi jinu­jinqarchalarning o’yini, bumi bo’ldi bahona –

kutubxonadan ham bir ahvolda chiqdim, yomg’ir hali ham tinmagan, borar joy yo’q,
yoshroq bo’lganimda yozsam bu she’rni yomg’irni o’zimga o’xshatarmidim, yo o’zimni – yomg’irga…
Ha, mayli­da, qosh ham qoraya boshlagan, men esa yuribman Moskvada sayoq…
Axir bir qariyu yolg’iz tanishim bor Vsevolod Vasil’evich degan, qani, oxiriga…

Qarang­ki, javob bersa bo’ladimi, undan ham ortiqrog’i: “Hoziroq kelmaysanmi?” – dedi,
adreslarini yozib olib, yo’l­yo’lakay biroz qand­qurs oldimu, bir soatlarda kirib bordim.
Soat birlargacha gaplashib o’tirdik, choyi yo’q ekan, qahva ichdik, qotgan nonyedik,
borar joyim yo’q, qoldim unikida, yo’qsada yotar o’rniyu, bo’lsada xonasi tor, dim…

Bo’yimga yarim keladigan sandiqmi, qutisining ustida yotdim o’sha kecha, eslab onamni,
rahmatli onam tagiga ko’rpa solardi­da: “O’lganda ko’rpasizyerda yotish qanday bo’lar ekan?” – derdi.
Bilmadim, nimalarni o’yladim o’sha tun, avgust so’ngida payqab oynadagi namni,
qaytmas tramvaylarda naqsh chizgim kelarmidi, yo sig’masmidi uyqumga bu shaharning dardi…

2.

Qaytish ishtiyoqi. YUribman qayta bir payt yurgan ko’chalarimda –
hayot bom­boshqami, yo men qaridimmi, o’zgardimi bu shahar? –
kim javob berarkin mana bu nomerga qo’ng’iroq chalarimda, –
kel, bu she’r­ku axir, bundan buyog’iga hayotingni o’zing boshqar:

bir qiz bo’lsin, ovozi qo’ng’iroqdek juvonu, sening nazdingda – qiz,
sen tanimasang­da uni, u seni tanisin qidirayotgan odaming orqali.
Bir payt ko’rgan eding uni, sakkiz yilmi o’tibdi orada tuyqus,
yana bir ko’rging kelsin uni, endi ungami, o’zingami bahona top aqalli.

Bahonangdan so’ng esa rasmi tushsin qo’lingga tasodifan, ertaklardagidek,
ko’rishing bilan bu chiroyni, yuraging yorilsinyengiltakligingdan,
biroq: “Mana bu­da” – deb rasmni uzatgan do’stlaringga sir boy berma, taka­tak
qalamingni stolga urib allabalolarni tushintiraver ularga boqib zimdan.

Qani, qaerda uchrashsang tuzukroq? Ol, Mayakovskiy maydonini, shoirmasmi axir?!
Qachon uchrashganing ma’qul? Yomg’ir yog’ib tursin peshinlardan keyin.
SHunda kafelardan biriga kirgach, unutiladi hulu shoshqin shahar,
shunda hamma narsa bir hisga shay to’planadi biryerda atayin.

Oh, bu hech narsani anglatmovchiyu, har narsani ishoralovchi shirin suhbatlar…
Siz meni yuz yildan beri bilasizmi? Men esa sizni bilganman azaldan…
Ko’zgularda yam­yashil yaproqlar allanarsalarni so’rarmi­isbotlar,
musiqa taralar yam­yashil yaproqdek ko’zguli zaldan.

Kech kirganda kuzatsam bu qizni, bu navjuvonni metrogami, vokzalga qadar.
“Ertaga nima qilamiz?” – deb so’rasamu hazilomuz, – “Telefonlashaylik” – desa u.
Yanog’iga egilsamu, u rad etmasa, so’ng esa vagonlar qator­qator
taqir­tuqur qilib ketsa… Eh, nimalarga qodir emas tasavvur…

Qaytish ishtiyoqi… O’shanda qaytar edimmi men bilganu­bilmagan hislarimga,
yo hozir qaytmoqdamanmi?.. Bugun maysada yotib, hayot ne qadar xayrligini o’ylardim…
Yoz kirmoqda kuzga, ko’zga esa tashlangan narsa – uzoq ufqda yarimta
quyoshning o’z aksi – yarimta oy tomon tashlagan nurlari – zoe’ odim…

3.

Bu dunyoda qo’pollik nima, gunoh nima, jirkanchlik nima – bari hayot. –
Hayotning balki eng shirin damlari shunday ekan, nima qilay?!
Chertanovoda bir rassom do’stim bor, shundan boshlasam basharti ehtiyot,
25­qavatli uyda shuning tomiga chiqib borsam u bilan har qalay.

Chertanovo so’zi “cherta” yoki “chiziq” so’zidan yasalganmikan? – tomiga iplar
tortibdiyu do’stim, ularga – tamaki quritgandek – mo’yqalamlarni osib qo’yibdi.
Bu mo’yqalamlar shamoldan junbushga kelib, bularning tagiga bir eplab
qadalgan xitoy qog’ozga allaqanday chiziqlarni naqshlabdi, ustidan yomg’ir quyibdi…

Tabiatning bu rasmlarini ko’rar ekanmiz tomda yolg’iz yurib uchchovlon,
men ham shamolga tashlangan so’zlaru, ulardan yasalgan she’rlarni fahm etdim shunda.
Chertanovo so’zi “chyort”, – ya’ni “shayton” so’zidan chiqqanmi? – shamol urib javlon,
do’stimu dugonam orasida meni aqldan ozdirib g’uvillardi yuragimda, boshimda, tanda.

Pastga, 25­nchi qavatga tushib sharob ichdik, qonga to’ldirdik bo’sh yuraklarni,
chunki osmonga yaqin bo’lgan, havoga to’la bo’lgan yana bir kun tugardi beiz…
Keyin esa turdik, yerga tushdik. Biz bilan tushgan qorong’uda nima qilarni
aniq bilgandek, metroga mindik, aniqyerda, aniq payt kutardi bizni poezd.

Biroq ilashgan shamolmi, shaytonmi bizni bu safar yo’ldanmi­vaqtdan urdiyu,
eng so’nggi poezd ikki minut avval ketdimi, yo kech qoldik – farqi nima?!
Bundan buyog’i bir oy avval ketgan poezddan o’g’irlangan hayot, bir nav’ dediyo,
bundan buyog’i – jadvallardan xalos toza taxayyul va yo iflos, chirkin to’qima…

“Chertanovoga qaytaylik, – dedi u, – uyerda dugonam turadi, uyini boya tomdan ko’rgandik,
unikida qolaman bu tun. Darvoqe’, ikkimiz ham bir piyoladan choy ichsak bo’ladi…”
“Mayli, – dedim, – kuzatib qo’yayu, biroq choy ichishni boshqa safar… degandek…” –
qaytdik metroda, keyin piyoda Olimpik qishloqqa, kesib hovuzniyu, o’tib daladan.

“Mana bu uy, – dedi u, – 17­nchi qavat”. Liftda chiqib bordik xomush va sokin.
Xayrlashdik. Kechagidek yanog’iga egildim. Faqat yana yo’ldan urildim, yo’liqib labiga…
SHuyerda nuqta qo’ysam bo’lardi, Chertanovoni chetga surib asta­sekin,
onda­sonda kechikkan qo’shnilarniyu, qorong’u zinani itqitsam bo’lardi tun saqlariga.

Oh, Chertanovo, ne kuylarga solmading sen bizni o’sha on, sharmanda Chertanovo,
bu ulkan shaharda ikki jon, ikki tan qidirgan ma’vo nur tushmas zinalar bo’lsa?!
Erdan uzildikmi, osmonga ilindikmi: oramizda oy – chirmanda, yulduz – tanovar –
ol tanimni, ber taningni, parvonadek topsin manzil esdan adashgan bo’sa…

4.

Men bu ismga bir payt oshiq bo’lganman, she’rlarda yozganman ketin­ketin.
Nahotki, – deyman endi, – o’shandagisi ham aslida hozirgisiga ishora bo’lgan ekan?
Moskva negadir Londonga o’xshamas, qayg’uyu anduh bu avgust unda tekin, –
yomg’ir yog’adi, hazon quriydi, umr o’tadi qaytimsiz – baribir qadalmas yurakka tikan.

5.

Hayotning ma’nosi nimada? Bilmayman, singlim,
balki shunday bekor sang’ishdir, balki o’lim.

Moskva birdan namiqadi. Patriarshie Prudi.
Qaysi tomonga yursak ekan bo’m­bo’sh shaharda?

Bu uyda Beriya yashagan, bunisida yana allakim, –
ikkimizga manzil yo’q,yersiz falakim.

Yosh melisa to’xtatadi bizni, hujjat so’raydi.
Bir­birimizga boqamiz hayron, u bizga qaraydi.

Keyin kulishamiz uchchovlon, ayniqsa ikkimiz,
bir kam bu dunyoda rostdan ham kimmiz?

Bu – Gercen ko’chasi, bu – halqa, bu – Manej.
Men esa sengayu, sen menga notanish.

Shaharda bir juftni boshqa ne ham ular –
tosh ko’cha, bo’sh yomg’ir, bu tomlar, bu uylar.

O’ylaki, oramizda bir narsa yo’q esa –
sen osmonga yulduz bo’lib qadalasan, men – yerga maysa…

6.

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulruim keldi,
tun oqshom keldi kulbam sori ul gulru, esimyeldi…

7.

Kitob o’qib o’tirganimda, yo’q, Navoiyni emas – “Eto sluchilos’ v Kokande” degan kitobni,
eshik zili jing’irladiyu, eshikni ochsam u jilmayib turibdi.

Hayotda bunday bo’ladimi o’zi? Qayoqda deysiz! Hayotda topina­topina
avvaliga avraysiz uni – Chexov yozganidek, u esa ko’nmaydi, o’yinning turi­da!
Bir amallab ko’ndirasiz, yana Chexovning yozishicha, oliyjanob bahonalarni qilib pesh:
mushkulliklaringizni yozaylik, – deysiz, yo tiktirmoqchi bo’lgan ko’ylagingiz jurnalda bor,
ana shuni qidirishimiz kerak, – deysiz, u keladimi­yo’qmi, harholda “Budapesht”
kinoteatrining oldidagi do’konga sharob olganni yugurasiz. Qarasangiz – do’kon o’rnida endi devor.
Devorga esa sizni kalaka qilgandek, bolalar so’kinch so’z yozib qo’yibdi, yonida – rasmi.
Boshqasiga yugurasiz, yo’l­yo’lakay kirib aptekaga, ungacha do’kon tushlikka chiqadi…
Xullasi, yo u keladi qulf eshikka, mulzam bo’lib, yo g’azabnok xat yozayotganida siz
kelasizmi –
nima qilmang: hayot – hayotda, istaganyerida o’padi, istamaganida – chaqadi…

Bunda esa u turardi ostonada, boya aytganimdek, jilmayib beminnat.
Yanoqqa tekkizib labni, bokira ko’rishdik, na u, na men entikmay hecham.
Ichkariga kirdi, yomg’irpo’shiniyechdi, eshik ostidagi bir parcha namat
ikki yalang oyog’ini qabul qilib oldi, boqsam – u edi qizil maykachan.

O’sha kuni may ham bor edi uyda, palov ham damlangan edi qozonda,
hayotda bo’lmaydigan narsalarning bari o’sha kun edi muhayyo.
Endi shirin mayu, lazzatli taomu, totuk suhbatdan nimalar qozondik –
buni yozishimga undasa­da totli tasavvur, qo’ymaydi hayo.

Biroq bular hayotda bo’lmas narsalar ekan deyman, ajabo,
ilohiy degani shumikan o’z­o’zidan chiqqan, urinishsiz vasl lazzati?
Radiodan musiqa yangrar, hayodan ajralib adashgan jafo
badanlarga gulyaprog’u, ikki ruhga gulpoyasin Fayakun deb yozadi…

8.

Nega buncha keng tashladim to’rlarni,
nega har bir daqiqani qo’ymayapman xalos?
Tushunibyetmadimmi o’shanda bularni,
yo endimi tushunishga quvvai xofizam oz?

Nimalar kechdi boshimdan boshboshdoq Moskvada?
Nelarga qarzdekman, orani och endi!
Kimlarga berganding qanaqa va’da,
yoz bilan ahdlashdingmi – u yalang’och endi?!

Kiev vokzalida ozariy kafelar,
hamma boqadi senga, men ham darvoqe’…
Go’yoki bu satrim o’sha onni kafillar,
go’yoki bu satrim o’sha onning arvohi…

Do’stlarnikida birga ko’rinamiz,
birga yo’qolamiz, do’stlarga xayr deya.
Ular ko’rgan narsa biroz beta’miz,
biz yashagan narsa – uzluksiz ro’yo.

Qayg’uning asari ham yo’qligidanmi unda
endigi qayg’u ham emas, bu – tushunmovchilik.
Daraxtlaryechinib avgustga undar.
To’rlarda kuz bedor, tushi sochilib…

9.

Ilk bor umrimda she’r yozayotganim yo’q, boshimdan kechganini eslab,
chunki she’rga sig’mas boshimdan kechganlari, she’r ularga tor.
So’z – ojiz, urinishlar – zoe’, baribir qoniqmas bu talab –
ters dunyo: u turar perronda, men esa – poezddek, to’rt qator…

10.

Bu kecha Edinburgda sevishib, ertasiga Parijda she’r o’qiyman.
O’z­o’zimga hayronman, nimalar ekan bu – yurakni ezuvchi safarlar:
qadim shaharlarning toshlarimi, yo hayotning qiyma­qiyma
bo’lganida vahdat tilashimi – but oyga aylanmas yulduz safollar…

Lekin Moskva hanuz o’zgacha – sevmadimmi uni va undagi o’zbek qizni,
hirsimni to’ydirmi xolos bu shahardan va o’sha o’zbek juvondan?
Yotoqda ekanmiz, zil chalinsa bo’ladimi, bo’g’dirib bu vahshiy bo’g’izni –
yuqoridagi qo’shnim turar edi ostonada, shovqinimizdan zirillar emish jovondon.

Osmon tomon ekanku hayqirishlarimiz, chinqirishlarimiz, suronlarimiz baribir,
qanchalik gunohkor bo’lmasin ular, qanchalik bo’lmasin osebu aybdor.
Moskva osmoni bo’m­bo’sh – quyosh bo’ladimi unda, bulutmi, qo’shni tushadimi mug’ombir, –
mag’zava lattadek osilay desang ham topilmas senga dor…

11.

Yo’q, bir martta keldi qayg’u.
Yozning so’nggi kunimidi,
kuzning sovuq unimidi –
biz perronda turgan chog’i
ho’l qayinning ho’l yaprog’i
qo’ndiyerga, to’zdi tuyg’u,
ana shunda keldi qayg’u…

Esingdami, bir kun avval
ishxonangda kutib seni,
yur, shahardan ketdik, – deya,
boshlaganim qishloq tomon.
Peredelkino, beomon,
Peredelkino, shum g’oya,
yoshingdanmiyeding esni?
O’rmon. Yomg’ir. Yo’l. Samosval. –
Bari o’sha, go’yo avval…

Bari o’sha, biroq vayron…
Qorovul chol bizga hayron,
qorovul vaqt aqldan ozib,
ho’l yo’lakka barglar yozib,
cho’p yomg’irdek chopib borar.
Eski bino bizga qarar –
bari o’sha, bari vayron,
faqat sevgi tili biyron…

Och qoldikmi o’sha tuni,
bemahal yo’l, vaqt adashib?
Bu xonaning yo’qdir tashi,
biz qamalgan ichi xolos.
Kel, bo’lmaylik sirdan xalos –
qarag’aylar, ukki uni…
biz olamdan o’tgan tuni.

Ertasiga keldi qayg’u…

12.

So’nggi uchrashuvimizni eslayman:
uyimizdan birga chiqdik, metroda ketdik,
men so’nggi ishlarimni bitirish payida
yana allakimlar bilan uchrashishim kerak edi,
sen esa odatdagidek mendan ketar eding uyingga…

“Komsomol’skaya” bekati, halqa yo’ldan “Preobrajenskaya”ga o’tishyeri,
avvaliga: vaqtim bor­ku, – deya, sen meni kuzatadigan bo’lding poezdga qadar,
mening ham ajralgim kelmas edi sendan, yaxshisi men kuzatay dedim,
qofiyasiz she’rdek qovushmas onlar… to’xtadik o’rtada, allaqanday
do’konni ko’rdik, borib mag’zava mazali qahva oldik, uni totib kuldik birdan…

Ikkimiz birdanigayengil tortdik, o’zimizga qaytdik, oramizdanyengilyel esdi,
aslida mana shuyengilyel tabiati qiynadi meni she’rma­she’r uzra –
esda abadul­abad saqlamoqchi bo’lgan lab ta’miyu, nigoh nami qolmasa esda,
balki shudir chin sevish, yo she’rga kirmas narsa hayotda qolgandir zora…

Xotima

…nega yil ketidan yil qaytarilar,
oy ketidan oy,
nega fasllar esdan ko’tarilar,
lekin ular uchun o’sha­o’sha joy,
nega kun ketidan hamisha tun,
orada esa qayg’u?
Gapirganda xontaxtaga urib mushtum
uqtirmoqchimi kim yagona tuyg’u?
Bir boqishda o’zlashtira olmadikmi –
qayta­qayta azaldan to abad
hech narsaga o’rgata olmas bir ko’nikma –
to’lg’onish, ammo ba’d:

ne haqdaykin bu takrorning o’zi –
barmoqlar bo’sh, uzilgan tasbeh,
biroq baribir, yo’qotgandek qo’zi,
birov chaqiraverar ichingdan: beh, beh…
©  flober
Объём: 0.381 а.л.    Опубликовано: 24 07 2008    Рейтинг: 10    Просмотров: 5386    Голосов: 0    Раздел: Не определён
«Terakka»   Цикл:
(без цикла)
«Vesna»  
  Клубная оценка: Нет оценки
    Доминанта: Метасообщество Библиотека (Пространство для публикации произведений любого уровня, не предназначаемых автором для формального критического разбора.)
Добавить отзыв
Ambidexter24-07-2008 18:04 №1
Ambidexter
Автор
Группа: User
Ты крут, Флобер! Правда, у меня нет ни одного знакомого узбека, некому перевести. Поэтому просто верю на слово - ты крут.
Читай только то, что подчеркнуто красным карандашом. У нас мало времени. © Тарковский, "Зеркало"
oh_no_oh_my24-07-2008 21:18 №2
oh_no_oh_my
Уснувший
Группа: Passive
выглядит очень красиво )
Мишель25-07-2008 00:16 №3
Мишель
Победитель конкурса к Дню Победы
Группа: Passive
нда, и у меня нет знакомых узбеков.
Литература- не прокуратура. Писать надо о том, от чего не спится по ночам....
Настя Фьють26-07-2008 17:08 №4
Настя Фьють
Автор
Группа: Passive
у меня есть, но в СПб.. Флобер, может ты переведешь?
под шум клавиатурной медитации чадо отдыхает плачем (с) бримм
flober06-08-2008 13:13 №5
flober
Уснувший
Группа: Passive
DA PEREVODOM SEYCHAS ZANYAT!
Настя Фьють08-08-2008 00:48 №6
Настя Фьють
Автор
Группа: Passive
здорово)
под шум клавиатурной медитации чадо отдыхает плачем (с) бримм
YakovBorodin02-02-2009 01:01 №7
YakovBorodin
Автор
Группа: Passive
звучит чужой язык на вкус вполне отлично
-let's play whatever..as long as we look cool doing it-
J Sunrin29-03-2010 01:09 №8
J Sunrin
Автор
Группа: Passive
Рифмы: "kemada-kelmadi", "sira-bir sir­a" и т.д.
Почём лапша для народа?
http://sunrin.livejournal.com
flober19-04-2010 00:48 №9
flober
Уснувший
Группа: Passive
U MENYA EST ESHE RIFMA SUNRIN - MANDARIN, NO ETO NE VLEZAET V MOY RITM, BABY!!!!
Добавить отзыв
Логин:
Пароль:

Если Вы не зарегистрированы на сайте, Вы можете оставить анонимный отзыв. Для этого просто оставьте поля, расположенные выше, пустыми и введите число, расположенное ниже:
Код защиты от ботов:   

   
Сейчас на сайте:
 Никого нет
Яндекс цитирования
Обратная связьСсылкиИдея, Сайт © 2004—2014 Алари • Страничка: 0.02 сек / 34 •